O‘zbekiston | 07:54 / 03.11.2023
3314
1 daqiqa o‘qiladi

Red Wings Toshkent va Qozonni to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar bilan bog‘laydi

Shaharlar o‘rtasida parvozlar 16 noyabrda boshlanishi rejalashtirilgan. 

Foto: Uzbekistan Airports

Rossiyaning Red Wings aviakompaniyasi Qozon — Toshkent —   Qozon yo‘nalishi bo‘yicha muntazam yo‘lovchi qatnovlarini yo‘lga qo‘ymoqda.

Shaharlar o‘rtasida parvozlar 2023 yilning 16 noyabrida boshlanishi rejalashtirilgan. Reyslar haftada bir marta, payshanba kunlari SU95 tipidagi samolyotlarda muntazam ravishda amalga oshiriladi.

Red Wings — Domodedovo aeroportida joylashgan Rossiya aviakompaniyasi bo‘lib, muntazam va charter yo‘lovchi reyslarini amalga oshirishga ixtisoslashgan. 

Bugungi kunda aviatashuvchi O‘zbekistonning beshta shahridan Rossiya Federatsiyasining beshta shahriga parvozlarni amalga oshirmoqda.

Mavzuga oid