Jahon | 19:18 / 07.11.2016
8261
2 daqiqa o‘qiladi

Saakashvili Poroshenkoni korruptsion klanlarni qo‘llab-quvvatlashda aybladi

Foto: Reuters

Bugun Odessa viloyati gubernatorligidan iste'fo bergan Mixail Saakashvilining bildirishicha, Ukraina prezidenti Petro Poroshenko mintaqadagi jinoiy guruhlarga homiylik qiladi.

«Ukrainaliklar uchun nima farqi qoladi, Poroshenko ham Yanukovich ham birdek xalqning manfaatlari bilan hisoblashmasa?», — dedi siyosatchi.

U qayd etdiki, Poroshenko o‘z vaqtida uni Arseniy Yatsenyukdan uzoqroqda bo‘lishga chaqirgan.

«Biz «Tozalash uchun» harakatini tashkil etdik va Yatsenyukdan qutulishga yordam berdik. Natijada nima bo‘ldi? Avval qanday o‘marishgan bo‘lsa, hozir ham shunday o‘marishda davom etishmoqda. Men bunga ortiq chiday olmayman. Men juda charchadim. Meni hayotimda bunchalik ko‘p aldashmagandi. Odessa viloyatidagi ikki klan prezident homiyligida: Bularning biri 1990-yillardagi Odessa shahri meri Gennadiy Truxanov qotillaridan iborat guruh, boshqasi Odessa viloyat kengashi raisi Anatoliy Urbanovning Izmail klani», — deya qo‘shimcha qilgan Saakashvili.

Eslatib o‘tamiz, Mixail Saakashvili Odessa viloyat ma'muriyatiga 2015 yil 30 mayida rahbarlik qilishni boshlagan edi. U bu lavozimga Pyotr Poroshenko tavsiyasi bilan tayinlangan edi. 

Saakashvili iste'foga chiqdi

Saakashvili iste'foga ketish sabablarini ma'lum qildi

Mavzuga oid