08:21 / 08.11.2016
10021

Mo‘sul yaqinida terrorchilar qurbonlarining ommaviy qabristoni topildi

Foto: cnn.com

Iroqning Mo‘sul shahridan janubda joylashgan Hammam-al-Alil shahri hududidagi ta'lim muassasasi binosida IShID jangarilari qurbonlarining ommaviy qabristoni topildi. Bu haqda CNN telekanali xabar bermoqda

Iroqlik harbiylar 100 dan ko‘proq boshsiz jasaddan iborat qabristonni 7 noyabrda jangarilardan ozod qilingan shahardagi qishloq xo‘jaligi akademiyasi binosida aniqlashgan. Ma'lum qilinishicha, voqea joyiga ommaviy qotilliklarni tergov qiluvchi maxsus otryadlar jo‘natilgan.

"IShID jangarilari to‘dalari xalqimizga qarshi jinoyatlar sodir etishni davom ettirmoqda", deb aytildi iroqlik harbiylar bayonotida.

 

Mavzuga oid
Top