Jahon | 19:45 / 09.11.2016
11610
2 daqiqa o‘qiladi

Nursulton Nazarboyev Trampni Qozog‘istonga taklif etdi

© Fotolia/ rm

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Donald Trampni AQSh prezidenti bo‘lgani bilan tabrikladi va uni o‘z mamlakatiga taklif qildi. Bu haqda Qozog‘iston rahbari matbuot xizmati ma'lum qilgan.

Respublikachi Tramp AQSh prezidentligi saylovida g‘olib bo‘ldi. AQShda saylovlar ikki tizimlidir. Saylovchilar 19 dekabr kuni rasman ovoz berishadi, Kongress 2017 yilning 6 yanvar kuni ovoz berish natijalarini e'lon qiladi.

Saylangan prezident 20 yanvar kuni inauguratsiyadan so‘ng, o‘z ishiga kirishadi.

"Qozog‘iston prezidenti Donald Trampga muvaffaqiyat tiladi va uni mamlakatga taklif qildi", — deyiladi xabarda.

Nazarboyev o‘z tabrigida Tramp rahbarligidagi AQSh “jahonda barqarorlik, xavfsizlik va farovonlikni qo‘llab-quvvatlaydi" deya ta'kidlagan. U Qozog‘istonning 2017-2018 yillarda BMT Xavfsizlik kengashining doimiy bo‘lmagan a'zosi sifatida ish boshlashida ikki davlat hamkorligining ajoyib davri bo‘lishiga ishonch bildirgan.

Mavzuga oid