Jahon | 11:26 / 09.11.2016
7833
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp AQSh shtatlarining nechtasida g‘alaba qozonayotgani ma'lum qilindi

Foto: © EPA

AQSh prezidentligi uchun kurashayotgan respublikachilar nomzodi Donald Tramp mamlakatning 30ta shtatida raqibini ortda qoldirmoqda. Mahalliy OAV ovoz byulletenlarini sanashga oid dastlabki natijalariga tayangan holda shunday xabar qilmoqda. 

Endilikda, Tramp raqiblaridan hech biri Kentukki, Indiana, G‘arbiy Virjiniya, Janubiy Karolina, Arkanzas va Florida hamda Ohayo shtatlarida uni quvib yeta olmaydi. 

Nomzodning g‘alaba qozonishi uchun 270 nafar saylovchiga ega bo‘lishi kerak. Har bir shtatdagi saylovchilar soni ushbu shtatdagi Vakillar palatasi va senatorlarning umumiy soniga teng. Shu bilan Saylovchilar kollegiyasi 538 kishidan iborat. 
 

Mavzuga oid