16:37 / 10.11.2016
3677

Parijda muhojirlarni qabul qiluvchi ilk markaz ochildi

Foto: Reuters

10 noyabr kuni Fransiya poytaxtdan shimolda joylashgan Port de la Shapel shahrida muhojirlarni qabul qiluvchi ilk markaz o‘z ishini boshladi. AFP agentligi xabriga ko‘ra, u 400 nafar odamni qabul qilishga mo‘ljallangan.

Taxminlarga ko‘ra, markaz har kuni 50 nafardan 80 nafarga yaqin muhojirni qabul qiladi. U yerda ularni turli assotsiatsiyalardan kelgan ko‘ngillilar va faollar kutib oladi. Parij meriyasi bergan ma'lumotga ko‘ra, markazda bo‘lish cheklangan - 10 kun. Agar gap boshpana so‘rayotgan qochqinlar haqida ketayotgan bo‘lsa, ular Parij tashqarisidagi aholi yashash manzillariga o‘xshash yerlarga olib boriladi. Qolgan noqonuniy muhojirlar chiqarib yuboriladi.

Parij hukumati muhojirlarning boshpana bilan bog‘liq muammosiga anchadan beri g‘amxo‘rlik qilib keladi: muhojirlar kvartallardan tashqari, yo‘laklarda va metro yo‘llarida yashab kelishadi.

Top