Jahon | 17:07 / 14.11.2016
9816
1 daqiqa o‘qiladi

Lukashenko o‘rtacha maoshni 500 dollarga yetkazish bo‘yicha ko‘rsatma berdi

Foto: RIA

Belarus Respublikasi prezidenti Aleksandr Lukashenko, kelasi yilda mamlakatda o‘rtacha oylik maoshni 500 dollarga chiqarishga hozirlik ko‘rish bo‘yicha hukumatga topshiriq berdi. Bu haqda, davlat rahbari matbuot xizmati xabar qilgan. 

Belarus milliy statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, joriy yilning uchinchi choragida respublika ishchilarining bir oylik o‘rtacha maoshi 743,6 belorus rublini tashkil etgan, bu rasmiy davlat kursi bo‘yicha 382,6 dollarni tashkil etadi. 

"Kelasi yilda 500 dollarga yetkazishga tayyorlaning", — deya Lukashenkoning so‘zlarini keltirgan matbuot xizmati. Prezident Mogilyov viloyatiga tashrifi chog‘ida shu haqda so‘z yuritgan. 

Aleksandr Lukashenko, ish haqini oshirishda mehnat samaradorligini oshirish zarurligiga ham e'tibor qaratgan. 

Mavzuga oid