Jamiyat | 16:29 / 18.11.2016
22821
2 daqiqa o‘qiladi

Soch to‘kilishidan aziyat chekuvchi bemorlarga yordam beruvchi preparat nomi ma'lum qilindi

Soch to‘kilishi yoki ilmiy tilda aytganda, alopetsiya - bu insonning turli sabablarga ko‘ra soch tolalarini yo‘qotishi. Ba'zi hollarda butun tanadagi sochlar to‘kila boshlaydi, hatto qosh va kipriklargacha. Albatta, alopetsiya hayotga xavf soluvchi kasallik emas, ammo estetik nuqtai nazardan katta muammo hisoblanadi (ayniqsa ayollar uchun). 

LiveScience jurnali xabariga ko‘ra, San-Paulu (Braziliya) tadqiqotchilari avvallari revmatoid artritni davolash uchun qo‘llangan dori vositasi yordamida soch o‘sish jarayonini tiklashning uddasidan chiqishdi. 

Ilmiy izlanish mualliflari Albert Eynshteyn nomidagi shifoxona xodimlaridir. Tajribada qo‘llangan preparat nomi esa - «Tofatsitinib». Bu dori ikki kishi - bir ayol va bir erkakning sochlarini qaytarishga yordam berdi. 

Tadqiqot davomida ko‘ngillilar ikki oy davomida har kuni ushbu preparatni qo‘llashgan, shundan so‘ng soch tolalarining qayta o‘sib chiqayotganini ko‘rishgan. Ikki bemor ham tadqiqot yakunidan keyin yana to‘qqiz oy nazorat ostida bo‘lgan, muolajaning hech qanday salbiy ta'sirlari kuzatilmagan. 

Mavzuga oid