23:34 / 21.11.2016
11687

631 gramm vazn bilan dunyoga kelgan qizchaning hayoti saqlanib qoldi

Foto: ndtv.com

Atigi 631 gramm vazn bilan muddatidan avval dunyoga kelgan qizcha Abu Dabidagi Medior 24X7 shifoxonasiga yetkazildi. Eng kichik "bemor" homiladorlikning 26,5 haftaligida tug‘ildi. Bu haqida Gulf News nashri ma'lum qildi

"Mo‘'jizaviy bolakay" deya nom olgan qizcha 3 oy davomida shifoxonaning intensiv davolash bo‘limida yuqori  malakali shifokorlar nazorati ostida bo‘ldi. O‘tgan oyda ona va bolaga uyga chiqishga ruxsat berilganda qizning vazni deyarli 2 kilogrammga yetgan edi. 

Doktor Shenoyning so‘zlariga ko‘ra, "shifokorning o‘z vaqtida aralashuvi tufayli yuqori xavf ostida, preklampsiyaning og‘ir belgilari bilan shifoxonaga keltirilgan ona va bolaning hayoti saqlanib qoldi". Shifokorning aytishicha, onada yuqori qon bosimi kuzatilgan va bu homiladorlik davrining qiyin kechishiga sabab bo‘lgan. Bola kesercha kesish yo‘li orqali muvaffaqiyatli dunyoga keltirilgan va uch oy mobaynida neonatologiya ekspertlari tomonidan doimiy nazorat qilingan. 

Shifokor muddatidan avval tug‘ilgan bolalarda parvarish juda katta ahamiyatga ega ekanligini ta'kidladi. Vaqtidan ilgari tug‘ilgan bolalarda respirator distress sindromi, pnevmotoraks, bronxologik displaziya, retinopatiya kabi ko‘plab jiddiy kasalliklar kuzatilishi mumkin ekanligi qayd etildi. 

 

Top