Ispaniya ukrainalik milliarderni qamoqqa olish uchun order berdi
Ispaniya ukrainalik milliarder Dmitriy Firtashni o‘z hududida pul mablag‘larini yuvishda gumon qilmoqda. Sud uni hibsga olishga order berdi, deb xabar qildi mahalliy ABC gazetasi.
Nashr ma'lumotiga ko‘ra, huquq-tartibot organlari Firtashni uyushgan jinoyatchilik bilan aloqadorlikda va 10 million yevroni yuvishda gumon qilmoqda. Bu ish doirasida Ukrainaning nomi oshkor etilmagan yana ikki nafar fuqarosi hibsga olinishi mumkin.
Firtash 2014 yilning 12 mart kuni Venada FQB talabi asosida qo‘lga olingandi. Keyinroq, Avstriya uchun rekord darajada bo‘lgan 125 million yevro miqdoridagi garov puli evaziga ozod etildi.
Firtash “RosUkrEnergo” kompaniyasi sabab boyvachchalar ro‘yxatiga kirgan. 51-yoshli tadbirkor Ukrainaning eng badavlat kishilaridan biri sanaladi.
Mavzuga oid
22:34
Rossiya–Ukraina urushi tugaydimi? Putin nimani xohlaydi?
20:22
Frontdagi vaziyat: Rossiya va KXDR qo‘shinlari Kursk oblastida yurishning yangi to‘lqinini amalga oshirmoqda
21:42 / 23.12.2024
WP: Ukraina hukumati urush 2025 yilda tugashiga ishonmoqda
22:14 / 21.12.2024