00:31 / 25.11.2016
15276

Rossiyalik yakkakurashchi Aleksandr Yemelyanenko ozodlikka chiqdi

Foto: © RIA

Rossiyaning Voronej viloyatidagi Borisoglebsk axloq-tuzatish koloniyasida jazo o‘tayotgan aralash yakkakurash jangchisi, mashhur jangchi Fyodor Yemelyanenkoning ukasi Aleksandr Yemelyanenko 24 noyabrda ozodlikka chiqdi. Bu haqda uning advokati Kaxaber Dolbadze ma'lum qildi. Aleksandr jinsiy xarakterdagi zo‘ravon harakatlari uchun sudlangandi. 

"Aleksandr soat 15.00 dan keyin ozodlikka chiqqan. Men u bilan gaplashdim, u barchasini osoyishtalik bilan qabul qilgan. U hozir Tambovda va ona shahri Stariy Oskolga onasi yoniga ketmoqda", deb aytgan advokat.

Avvalroq ma'lum qilingandek, jazo muddatining o‘talmagan qismi 2 yillik axloq-tuzatish ishlari bilan almashtirilgan. Bu davr ichida sportchining maoshidan 10 foizi davlat hisobiga o‘tkaziladi.

 

Top