Jahon | 18:18 / 29.11.2016
5437
2 daqiqa o‘qiladi

BMT XK doimiy a'zolari KXDRga nisbatan yangi rezolyutsiya borasida kelishib oldi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashining beshta doimiy a'zosi Shimoliy Koreyaga nisbatan yangi rezolyutsiya loyihasi bo‘yicha yakdil fikrga keldi. Hujjat KXDRning beshinchi yadro sinoviga qarshi tayyorlandi, deb ma'lum qilgan XXR TIV rasmiy vakili Gen Shuan.

Eslatib o‘tamiz, KXDR sentabr oyida beshinchi yadro sinovini o‘tkazgan edi. Shundan so‘ng, XK yangi rezolyutsiyani ishlab chiqishni boshlagan, biroq, Vashington va Pekinning muammoga turlicha yondashuvi sababli uni qabul qilish muddati cho‘zilib ketgan. 

Amerika tomoni Pxenyan uchun shu yilning mart oyida BMT qabul qilgan sanksiyalardagi barcha yashirin imkoniyatlar ehtimolini batamom yo‘q qilish zarurligini ta'kidlagan. Xususan, o‘sha hujjatda KXDR bilan savdo munosabatlarini o‘rnatishga doir cheklovlarda istisno holatlarga izn berilgan, ya'ni Shimoliy Koreya ko‘mir eksport qilishi mumkin edi. Bu esa, Xitoy bilan tovar ayirboshlashning katta qismini tashkil etadi. 

30 noyabrda BMT XK AQSh tomonidan KXDRga yangi jazo choralarini ko‘zda tutuvchi rezolyutsiya loyihasi bo‘yicha ovoz berish jarayoni bo‘lib o‘tadi. 

 

Mavzuga oid