10:43 / 29.11.2016
6816

Toshkentda avtomobil olib qochgan fuqaro qo‘lga olindi

Foto: © Fotolia

Toshkent viloyatining Qibray tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro Toshkent shahar Yashnobod tumani IIBga “Matiz” avtomobili olib qochib ketilgani haqida xabar bergan, deb yozadi “Na postu” gazetasi.

Ma'lum bo‘lishicha, avtomobil jabrlanuvchi tomonidan Tolariq ko‘chasida joylashgan Yangiobod bozori yonida qoldirib ketilgan. Tezkor tadbir natijasida ichki ishlar xodimlari tomonidan mashina poytaxtning Jarqo‘rg‘on ko‘chasida to‘xtatildi. Ushbu jinoyatni amalga oshirishda gumon qilingan 54-yoshli shaxs qo‘lga olindi. 

Ushbu holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
 

Top