Iqtisodiyot | 10:22 / 03.12.2016
4925
1 daqiqa o‘qiladi

OPeK tashkilotga a'zo bo‘lmagan mamlakatlar bilan muzokara o‘tkazish uchun joy qidirmoqda

Foto: @AFP

OPeK tashkilotga a'zo bo‘lmagan mamlakatlar bilan bo‘ladigan uchrashuvni o‘tkazish uchun joy nomini hamon aniqlashtirganicha yo‘q. Bu haqda BAA energetika vaziri Suhayl al Mazruiy ma'lumotiga asoslanib, «Blumberg» agentligi xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, muzokaralar Rossiya Federatsiyasi energetika vaziri Aleksandr Novak va Katar energetika va sanoat vaziri Muhammad ibn Saloh as Sa'd o‘rtasida olib borilmoqda.

OPeK 30 noyabr kuni 2017 yilning 1 yanvaridan boshlab kuniga neft qazib olishni 1,2 million barrelga qisqartirish borasida aniq qarorga kelgan edi.

Mavzuga oid