Qirg‘iziston Respublikasi prezidenti Almazbek Atambayev Shavkat Mirziyoyevni O‘zbekiston Respublikasi prezidenti lavozimiga saylangani bilan tabrikladi.
Davlat rahbari o‘zining tabrik telegrammasida ma'lum qilishicha, 2016 yilning 4 dekabr kungi saylovda Shavkat Mirziyoyevning g‘alaba qozonishi o‘zbek xalqining keng qo‘llab-quvvatlovi hamda ishonchini ko‘rsatib berdi.
«Chuqur ishonamanki, sizning rahbarligingiz ostida O‘zbekiston Respublikasi o‘zining barqaror rivojlanish yo‘lida davom etadi», - deyiladi telegrammada.
Almazbek Atambayev O‘zbekistonning tayinlangan prezidenti Shavkat Mirziyoyevga mustahkam sog‘liq va davlat ishlarida muvaffaqiyat tilagan.
Eslatib o‘tamiz: MSK raisi saylovchilarning 88,61 foizi Liberal-demokratlar partiyasi nomzodi Shavkat Mirziyoyev uchun ovoz berishganini e'lon qildi. Shavkat Mirziyoyev nomzodini 15 906 724 kishi qo‘llab-quvvatlagan. Endilikda ushbu nomzod keyingi 5 yil muddatda O‘zbekiston prezidenti hisoblanadi.










