Markaziy Saylov komissiyasi raisi Mirzo-Uluğbek Abdusalomov Özbekiston prezidenti saylovi natijalarini ma'lum qildi.

Uning ma'lum qilişiça, saylovda 17 million 951 ming 667 saylovçi iştirok etdi va davomat 87,3 foizni taşkil qildi.

MSK raisi saylovçilarning 88,61 foizi Liberal-demokratlar partiyasi nomzodi Şavkat Mirziyoyev uçun ovoz berişganini e'lon qildi. Şavkat Mirziyoyev nomzodini 15 906 724 kişi qöllab-quvvatlagan. Endilikda uşbu nomzod keyingi 5 yil muddatda Özbekiston prezidenti hisoblanadi.

Özbekiston Xalq demokratik partiyasi vakili Xatamjon Ketmonov va Özbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi vakili Narimon Umarov mos ravişda 3,73 (669 187 kişi) va 3,46 foizdan (619 972 kişi) ovoz töpladi.

Özbekiston «Milliy tiklaniş» demokratik partiyasidan nomzod bölgan Sarvar Otamuratov 2,35 foizi ( 421 ming 55 nafar saylovçi) ovozi bilan törtinçi böldi.