Özbekistonda va dunyoda 4 dekabr kungi prezident saylovi natijalarini kutişmoqda. 2016 yilgi saylov mustaqil Özbekiston tarixidagi beşinçi prezidentlik saylovi böldi. Natijalar e'lon qilinişiga bir neça soat vaqt qolganida Kun.öz naşri öquvçilariga avvalgi saylovlarga oid statistik ma'lumotlarni keltirib ötadi.

1991 yilgi prezident saylovi
Özbekistonda ilk prezidentlik saylovi 1991 yilning 29 dekabr kunida ötkazilgan.

Birinçi saylovda ikki nomzod iştirok etgan: Özbekiston xalq-demokratik partiyasidan Islom Abduğaniyeviç Karimov va Erk demokratik partiyasidan Muhammad Solih. Saylovda saylovçilarning 94,2 foizi (9,9 mln) iştirok etgan. Unda katta ustunlikka ega bölgan Islom Karimov 87,1 foiz ovoz bilan (8 514 136) ğalaba qilgan hamda Özbekistonning birinçi prezidentiga aylangan. 1 220 474 kişi uning raqibiga ovoz bergandi - 12,5 foiz. Öşa saylovda "Barçaga qarşi" ovoz beriş ham mumkin bölgan va bu tanlov 36 525 kişi tomonidan amalga oşirilgan. 129 823 byulleten esa haqiqiy deb topilmagan.

2000 yilgi prezident saylovi
1995 yilning 26 martida referendum bölib ötadi va unda prezident vakolatini uzaytiriş masalasi örtaga taşlanadi. Uşbu taşabbusni referendumda iştirok etganlarning 99,6 foizi qöllab-quvvatlab, prezident vakolati 2000 yilgaça uzaytiriladi. Referendumda faqat 0,4 foiz saylovçi "yöq" javobini bildirgan. Davomat 99,3 foiz.

2000 yilning 9 yanvarida ötkazilgan prezidentlik saylovida Islom Karimov "Fidokorlar" partiyasidan öz nomzodini qöyadi. Unga Özbekiston xalq demokratik partiyasi vakili Abdulhafiz Jalolov raqib böladi.