08:27 / 05.12.2016
54623

Shavkat Mirziyoyev shtabi saylovdagi g‘alaba sharafiga bayram torti hozirlab qo‘ydi

O‘zLiDeP partiyasi shtabida o‘z nomzodlari Shavkat Mirziyoyevning 4 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovidagi g‘alabasi sharafiga tort tayyorlab qo‘yishdi. Bu haqda RIA “Novosti” muxbiri xabar bermoqda.

Partiya raisi o‘rinbosari Muxlisaxon Akromova milliy bayroq tusida bezatilgan va “Mirziyoyev bizning prezident”, degan so‘zlar bitilgan tortni jurnalistlarga ko‘rsatgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, shirinlik partiya faollari tomonidan tayyorlangan.

"Oldindan tayyorlab qo‘yilgan, deb o‘ylamang. Buni hozir olib kelishdi", — dedi u.

Partiya raisi o‘rinbosari Muxlisaxon Akromovaning RIA “Novosti” muxbiriga aytishicha, Mirziyoyev shtabi nomzod saylovda 80 foizdan kam ovoz olmagan, deb hisoblamoqda.

 

Top