17:56 / 08.12.2016
14097

Yilning eng zo‘r bokschisini aniqlash uchun so‘rovnoma: Hasanboy Do‘smatov yetakchilik qilmoqda

Shu yilning 20 dekabr kuni Xalqaro havaskor bokschilar uyushmasi (AIBA) yilning eng zo‘r bokschisi taqdimot marosimini o‘tkazadi.

Ayni paytda ushbu nomga da'vogar bokschini aniqlash uchun ovoz berish jarayoni kechmoqda.

“Yilning eng zo‘r bokschisi” nominatsiyasida 3 nafar bokschi nomi qo‘yilgan: G‘oliblikka XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlari chempionlari o‘zbekistonlik Hasanboy Do‘smatov, kubalik Robeysi Ramires va qozog‘istonlik Daniyar Yeleussinov da'vogarlik qilmoqda.

Ayni vaqtda O‘zbekiston vakili 56 foiz bilan birinchi, Qozog‘iston va Kuba vakillari esa 33 va 11 foiz bilan ikkinchi va uchinchi bo‘lib turibdi.

Tvitter foydalanuvchilari tashkilotning tvitterdagi sahifasi orqali ushbu so‘rovnomada ishtirok etish mumkin.

Top