22:37 / 09.12.2016
15622

Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligining virtual qabulxonasi ishga tushdi

Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligining saytida tashkilot rahbarining virtual qabulxonasi ishga tushgani haqida xabar qilindi. Ushbu virtual qabulxona virtual.migration.uz internet manzilida joylashgan.

Shuningdek, shikoyat va takliflarni 0 (371) 214-30-76, 0 (371) 214-54-36  raqamlariga qo‘ng‘iroq qilib yetkazish ham mumkin bo‘ladi.

Virtual qabulxonaga murojaatlarni o‘zbek va rus tillarida yo‘llash mumkin. Shuningdek, sahifalar lotin va kirill alifbosida ishlamoqda, deyiladi xabarda.


 

Top