Oliy Majlis Abdulla Oripovni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri lavozimiga tasdiqladi

O‘zbekiston Oliy Majlisi palatalarining qo‘shma majlisida Prezident Shavkat Mirziyoyev Bosh vazir lavozimiga Abdulla Oripov nomzodini taklif qildi.
"Barchaning fikrlarini hisobga olgan holda men Vazirlar Mahkamasi rahbari o‘rinbosari Abdulla Nig‘matovich Oripovni bosh vazir lavozimiga taklif etaman", degan davlat rahbari.
Nomzod Vazirlar Mahkamasining yaqin muddatga va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan harakat dasturini taqdim qildi.
Deputatlar va senatorlar o‘rtasidagi ovoz berish yakunlariga ko‘ra, Abdulla Oripov O‘zbekiston bosh vaziri lavozimiga tasdiqlagan.
Eslatib o‘tamiz, 2014 yil 21 dekabrda o‘tkazilgan parlament saylovi yakunlariga ko‘ra O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi eng ko‘p − 52ta deputatlik o‘rniga ega bo‘lib, Konstitutsiyaning 98-moddasiga binoan bosh vazir nomzodini ilgari surish huquqini qo‘lga kiritgandi. Partiya Shavkat Mirziyoyev nomzodini ilgari surgan va u ko‘p o‘tmay prezident tomonidan lavozimga qayta tasdiqlangandi. Shavkat Mirziyoyev 4 dekabr kungi Prezident saylovida g‘alaba qozondi.
12 dekabr kuni O‘zbekiston prezidentiga O‘zLiDeP tomonidan bosh vazir lavozimiga Abdulla Oripov nomzodi taklif etilgan edi.
13 dekabr kuni Oliy Majlis Shavkat Mirziyoyevni bosh vazirlik lavozimidan ozod etdi.
O‘zbekiston Bosh vazirligiga nomzod Abdulla Oripov tarjimai holi
Abdulla Nig‘matovich Oripov O‘zbekiston davlat arbobi, Respublika Bosh vaziri o‘rinbosari, yoshlar siyosati, madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari bilan shug‘ullanadi.
Avval xabar qilganimizdek, Abdulla Oripov nomzodi O‘zbekistondagi hukmron partiya O‘zLiDeP tomonidan Bosh vazirlik lavozimiga ilgari surilgan. Endilikda, O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati uning nomzodini O‘zbekiston Respublikasining saylangan prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘z vazifasiga kirishganidan so‘ng, Bosh vazirlik lavozimi xususida beradigan tavsiyasiga ko‘ra tasdiqlashi kerak.
Abdulla Nig‘matovich Oripov – 1961 yil 24 mayida O‘zbekistonning Toshkent shahrida dunyoga kelgan. Millati – o‘zbek, ma'lumoti – oliy. U 1983 yilda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (sobiq Toshkent elektrotexnika aloqa instituti)ni tamomlagan.
1983-1992 yillarda Toshkent telefon-telegraf stansiyasida 1-toifali muhandis sifatida faoliyat yuritgan. 1992-1993 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Aloqa vazirligida bosh mutaxassis, 1993-1995 yillarda «O‘zimpeksaloka» tashqi savdo firmasining direktor o‘rinbosari vazifasida ishlagan.
1995 yilda O‘zbekiston Aloqa vazirligining qurilish va ta'minot bo‘limi rahbari bo‘lgan. 1995-1996 yillarda «TashAfinalAL» QKning bosh direktori lavozimida faoliyat yuritgan. Shu yillar mobaynida, O‘zbekiston Aloqa vazirligi xususiylashtirish va raqobatni kuchaytirish bo‘limini ham boshqargan.
1997 yilda O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiya agentligi bozor islohotlari va qimmatli qog‘ozlar bo‘limi rahbari bo‘lgan. 1997-2000 yillarda, Pochta va telekommunikatsiyalarni rivojlantirish Davlat fondini ham boshqargan.
2000-2001 yillarda O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiya agentligi direktori o‘rinbosari, 2001 yil 15 avgustdan agentlik bosh direktori lavozimida ishlagan. 2002 yil 30 mayida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari etib tayinlangan. U aloqa va axborot-telekommunikatsiya texnologiyalari masalalari bilan shug‘ullangan. Shu bilan birga, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktori hisoblangan.
2005 yil 4 fevralida o‘z lavozimlariga qayta tasdiqlangan. 2009 yil oktabridan boshlab ijtimoiy soha, fan, ta'lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat sohalariga doir masalalar bilan ham shug‘ullangan hamda MDH mamlakatlaridagi hamkorlar bilan aloqalarga javob bergan.
2012 yil avgustidan Bosh vazir o‘rinbosari lavozimidan olingan, ammo ayni vaqtda Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar majmuasida rahbarlik qilishda davom etgan.
2016 yil sentabridan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari sifatida tayinlangan va yoshlar siyosati, madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari bilan shug‘ullanish ishonib topshirilgan.
2016 yil 12 dekabrida O‘zbekistonning hukmron O‘zLiDeP partiyasi tomonidan Bosh vazirlik lavozimiga nomzodi ko‘rsatilgan.
Abdulla Oripov oilali, besh nafar qizi bor. U, shuningdek, iqtisod fanlari nomzodi ilmiy unvoniga ham ega. Oripov «Do‘stlik» va «Mehnat shuhrati» ordenlari bilan mukofotlangan.
Tavsiya etamiz
Osiyo kubogi g‘oliblari tantanali kutib olindi - foto
Sport | 23:22 / 21.04.2025
“Gentra – qorong‘ilik timsoli” – Mirshakar Fayzulloyev
O‘zbekiston | 19:25 / 20.04.2025
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkent metropoliteni 2025 yilda qo‘shimcha 56 ta metro vagoni xarid qiladi
O‘zbekiston | 19:51
-
Ramzon Qodirovning voyaga yetmagan o‘g‘li Checheniston Xavfsizlik kengashi kotibi lavozimini egalladi
Jahon | 19:41
-
Qashqadaryoda 14 yoshli o‘smir boshqaruvidagi Gentra YTHga uchradi. Qurbonlar bor
O‘zbekiston | 19:37
-
Toshkent davlat tibbiyot universiteti tashkil etiladi
O‘zbekiston | 19:29
Mavzuga oid

10:21 / 17.01.2025
Bosh vazir boshchiligida moliya institutlari bilan ishlash bo‘yicha favqulodda shtab tashkil qilinadi

16:33 / 18.12.2024
Qirg‘izistonda yangi bosh vazir tayinlandi

17:17 / 13.12.2024
Fransiyada yangi bosh vazir tayinlandi

20:08 / 19.10.2024