16 dekabr kuni Xalq deputatlari Buxoro viloyati kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi bölib ötdi.
Sessiyada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev iştirok etdi.
Sessiyada taşkiliy masala körildi. Muhiddin Turdiyeviç Esonov viloyat hokimi lavozimidan ozod etilgan. U boşqa işga ötgan.
«Kun» manbasi ma'lum qilişiça, uning örniga Öktam Barnoyev viloyatning yangi hokimi etib tayinlangan.
Muhiddin Esonov 2011 yilning dekabrida viloyat rahbari etib tayinlangandi.
Asli buxorolik bölgan Öktam Barnoyev Isoyeviç 2008 yilning aprelidan 2010 yilning dekabrigaça Samarqand viloyati hokimi lavozimida faoliyati yuritgan. Undan oldin, 2008 yilgaça Qişloq va suv xöjaligi vazirining birinçi örinbosari bölgan.
Avvalroq, Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyat kengaşining navbatdan taşqari sessiyasida iştirok etgani va unda Erkinjon Turdimov viloyatga yangi hokim etib tayinlangani haqida xabar bergandik.














