Bugun Xalq deputatlari Surxondaryo viloyat kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi bölib ötdi. Unda Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev iştirok etdi. 

«Kun» manbasi ma'lum qilişiça, sessiyada şu kungaça Navoiy viloyati hokimi sifatida faoliyat körsatib kelgan Erkinjon Oqbötayeviç Turdimov Surxondaryo viloyatiga yangi hokim etib tayinlandi.

Hozirça Surxondaryo viloyati hokimligi saytida bu haqda ma'lumot yöq.

2015 yil yanvarida viloyat hokimi etib tayinlangan Tojimurod Normurodoviç Mamaraimov viloyatning Qiziriq tumani rahbarligiga ötkazilgan.

Ma'lumot uçun, joriy yilning 24 sentabr kuni Surxondaryo viloyatida beş tuman hokimi işdan böşatilgan edi.

Erkinjon Oqbötayeviç Turdimov 1969 yili Samarqand viloyati, Qöşrabot tumanida tuğilgan. 1991 yilda Toşkent xalq xöjaligi institutini tamomlagan. Mutaxassisligi iqtisodçi. Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a'zosi. Oilali, uç nafar farzandi bor.

Mehnat faoliyati:

1991-1993 yy. - “Özsanoatqurilişbanki” Sirdaryo filiali qarz reja bölimi mutaxassisi, investitsiya quriliş va ta'minot taşkilotlarini moliyalaştiriş va qarz beriş bölimi boş mutaxassisi, pul muomalasi bölimi boşliği örinbosari; 

1993-1995 yy. - “Özsanoatqurilişbanki” Zarafşon bölimi boşqaruvçisi; 

1995-1996 yy. - Zarafşon şahar hokimi örinbosari;

1996-2000 yy. - Taşqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankining Navoiy bölimi boşqaruvçisi;

2000-2008 yy. - Xatirçi tumani hokimi; 

2008-2008 yy. – Özbekiston Respublikasi Qişloq va suv xöjaligi vazirining qişloqda iqtisodiy islohotlar masalalari böyiça birinçi örinbosari;