Tramp shtabi Obamadan yoki isbot keltirishni, yoki bo‘htonlarni bas qilishni talab qildi

Foto: REUTERS
AQSh Demokratik partiyasi internet-resurslariga xakerlik hujumiga go‘yoki Moskva aloqador ekanligini aytib kelayotgan, AQShning ketayotgan prezidenti Barak Obama o‘z so‘zlarini yoki isbot bilan asoslashi, yoki "bo‘hton qilishni" bas qilishi kerak, deb aytildi Donald Tramp jamoasida.
Amaldagi AQSh ma'muriyatining "rus xakerlari" mavzusidagi chayqovchiliklarini 20 yanvardan Oq uy xodimlari apparatini egallaydigan Rayns Pribes va Trampning maslahatchisi Kellienn Konuey tanqid qildilar.
Pribesning aytishicha, demokratlar "amerika xalqi bilan butkul aloqani yo‘qotganlar" va saylovlardagi mag‘lubiyatlaridan shunchalik "karaxt" holdalarki, hanuzgacha "bunga ishona olmayaptilar".
Pribes Rossiya AQShdagi saylov jarayoniga qandaydir yo‘l bilan ta'sir qilgani haqidagi taxminlarni qat'iyan rad etmoqda va bu bo‘htonlardan yagona maqsad "saylov natijalarini chippakka chiqarishdan iboratdir", deb aytmoqda. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar bermoqda.
Pribesning aytishicha, Tramp "ko‘plab odamlar turli narsalarni aytayotganda emas", balki AQSh maxsus xizmatlari "haqiqatan ham bunga biror asos keltirsa", tegishli xulosalar chiqaradi. Trampning fikricha, AQSh razvedkasi idoralari "bu hodisa qayerda, qanday qilib, qachon yuz bergani borasida o‘z xulosalarida ochiq va shaffof bo‘lmaganlar". Pribesning taxminicha, oxir-oqibat maxsus xizmatlar qandaydir to‘xtamga kelishadi va o‘shanda "yangi prezidentning bu haqdagi fikrini bilish mumkin bo‘ladi".
Shu bilan birga Pribes Rossiya va Tramp hamda uning atrofidagilar AQSh prezidentlik saylovlarida Xillari Klinton g‘alaba qozonmasligi uchun o‘z harakatlarini qandaydir yo‘l bilan muvofiqlashtirishgani haqidagi taxminni qat'iyan rad etdi. "Savolning qo‘yilishining o‘zi ahmoqonadir. Albatta, biz rossiyaliklar bilan birga harakat qilmaganmiz. Bu barcha nazariyalar axborotning ma'lum usulda aniq maqsadlarda berilishi natijasidir", deb ta'kidlab o‘tdi Pribes.
Pribesning fikricha, "demokratlar ko‘zguga qarab, saylovlarni yutqazganlaridan iborat haqiqatni tan olishlari kerak". Uning fikricha, bu mag‘lubiyat "demokratlar amerika xalqi bilan aloqani butkul yo‘qotganlari" sababli yuz bergan.
Pribesning aytishicha, demokratlar Trampning g‘alabasini qabul qilish o‘rniga, bir qator shtatlarda ovozlarni qayta hisoblashni boshlashdi va bu hech qanday natijaga olib kelmagach, "saylovchilar hay'ati a'zolarini qo‘rqitishga urinishni" boshlashgan. Ular 19 dekabrda Trampning prezidentligi bo‘yicha yakuniy qarorni chiqarishadi.
Tramp AQSh prezidenti bo‘lishi uchun saylovchilar hay'ati a'zolarining kamida 270 ovozini to‘plashi kerak. Tramp saylovlar davomida 306 ovoz, Klinton esa 232 ovoz to‘plagan.
Pribes o‘z so‘zlari yakunida demokratlarning barcha urinishlari hech qanday natijaga olib kelmasligiga ishonchi komilligini aytgan.
Dekabr boshida 7 nafar amerikalik senator Obamaga Rossiyaning AQShdagi saylovlarga ta'sir qilgan bo‘lishi mumkinligi haqidagi ma'lumotlarni agar ular haqiqatan mavjud bo‘lsa, oshkor qilishni taklif qilishgandi.
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
Mavzuga oid

08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi

17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi

14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi

13:00 / 12.05.2025