Urganchda yashirin kolbasa sexi fosh etildi
Xorazmlik bojxonachilar huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda insonlar hayotiga salbiy ta'sir qiluvchi mahsulotlar ishlab chiqarayotgan yashirin kolbasa sexini aniqlashdi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bergan.
Xabarda aytilishicha, Rashid Ollaberganovning (maqoladagi ism-familiyalar o‘zgartirilgan) uyida noqonuniy "yashirin sex" tashkil qilingani, unda kolbasa mahsulotlari ishlab chiqarilayotgani aniqlandi.
Tsexdan umumiy qiymati 67 895 850 so‘mlik kolbasa mahsulotlarini ishlab chiqarishda foydalaniladigan asbob-uskunalar, oziq-ovqat xom ashyo mahsulotlari, kolbasa etiketkalari hamda kolbasa ishlab chiqarishda ishlatiladigan kukunlar, tayyor kolbasa mahsulotlari topilgan.
"O‘zstandart" agentligining viloyat sinov va sertifikatlashtirish markazi xulosasiga ko‘ra, sexdagi go‘sht mahsulotlari iste'molchilar hayoti va sog‘lig‘iga salbiy ta'sir ko‘rsatishi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
18:04 / 18.11.2024
Urganch shahriga 50 ta zamonaviy avtobus keltirildi
10:31 / 15.11.2024
Urganch va A380 trassasi o‘rtasidagi 81 km yo‘l rekonstruksiya qilinadi
21:21 / 13.11.2024
Urganchga Xitoydan 30 dona zamonaviy avtobus olib kelindi
15:37 / 07.11.2024