Jamiyat | 15:37 / 07.11.2024
6320
1 daqiqa o‘qiladi

Xorazmda kiyim-kechak bozorida yong‘in sodir bo‘ldi

Yong‘inni bartaraf etish uchun voqea joyiga 8 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb qilingan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va vafot etganlar yo‘q.

Foto: Videodan kadr

Favqulodda vaziyatlar vazirligining xabar berishicha, shu yilning 7 noyabr kuni soat 12:53 da Xorazm viloyati Urganch tumani  “Shermatlar“ MFY Gurlan ko‘chasida joylashgan kiyim-kechak savdo do‘konlarida yong‘in sodir bo‘lgani haqida FVBga xabar kelib tushgan.

Voqea joyiga jalb qilingan yong‘in-qutqaruv ekipaji tomonidan yong‘in soat 13:20 da o‘rab olingan va soat 13:50 da batamom o‘chirilgan.

Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Mavzuga oid