Berlindagi fojia: Bayramga chiqqan kishilar uyga qaytmadi

Foto: Reuters
19 dekabr kuni kechqurun Berlin shahri markazida yuk mashinasi orqali sodir etilgan terakt oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi va 48 kishi jarohatlangan holda shifoxonaga yotqizildi. Yuk mashinasi bir qator diplomatik missiyalar joylashgan gavjum tuman hududida to‘plangan odamlar ustiga yurib borgan. Yuk mashinasi haydovchisi Afg‘oniston yoki Pokistondan kelgan qochqin bo‘lgan, u mashinani o‘g‘irlagan, mashina ichida polshalik haydovchi jonsiz holda topilgan.
U voqea joyidan qochib yashirinishga harakat qilgan, ammo tez orada politsiyachilar qo‘liga tushgan. Ayni vaqtda u so‘roq qilinmoqda.
Hukumat vakillari bu hodisani terakt sifatida baholamoqda. Berlin politsiyasi bu hodisa qasddan amalga oshirilganini tasdiqladi. Ishni Germaniya bosh prokuraturasi tekshirmoqda.
Guvohlarning ma'lumotlariga ko‘ra, qora rangli yuk mashinasi mahalliy vaqt bilan soat 20:00da kayzer Vilgelm memorial cherkovi yaqinida tashkil etilgan Rojdestvo yarmarkasi hududida bostirib kelgan.
Yuk mashinasi 50 metr masofa bo‘ylab odamlarni surib borgan. Mashina qo‘shni ko‘chada yana bir pavilonga borib urilgan va to‘xtagan. Niqob taqqan mashina haydovchisi kabinadan chiqib, Zoologischer Garten bekati tomonga chopgan.
Voqea joyiga politsiyachilar va qutqaruvchilar yetib kelgan, atrofdagi ko‘chalarda harakat to‘xtatilgan. Barcha jabrlanuvchilar shifoxonaga olib ketilgan.
Hukumat xabariga ko‘ra, jarohatlanganlar orasida xorijlik sayyohlar ham bor.
Hujum sababi hozircha aniqlanmadi. Germaniya IIV rahbari Tomas de Mezer bu hodisada terakt belgilarini qayd etgan.
Berlin politsiyasi rahbari Tomas Noyyendorf jinoyatchi mashinani olib qochgani haqida aytgan. Ushbu jinoyatchi voqea joyidan bir necha yuz metr masofada ekanida fotoroboti yasalishi orqali qo‘lga olingan.
Ushbu hodisadan keyin Berlin politsiyasi shahar aholisi va mehmonlarini ko‘chalarga chiqmaslikka chaqirdi.
Germaniya kansleri Angela Merkel ushbu hodisadan xabardor etildi. U IIV rahbari bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi.
Ko‘plab davlatlar va xalqaro tashkilotlar Berlindagi voqea yuzasidan munosabat bildirib, bu xunrezlikni qoralab chiqdi.
AQSh va YeI Germaniyaga o‘z yordamini taklif etdi, qo‘shni Fransiyada bayram yarmarkalarida xavfsizlik choralari kuchaytirildi.
Berlinda yuk mashinasi odamlar ustiga qasddan haydab borilgani tasdiqlandi
Tavsiya etamiz
“Gentra – qorong‘ilik timsoli” – Mirshakar Fayzulloyev
O‘zbekiston | 19:25 / 20.04.2025
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
Orol dengizining qurigan tubi yildan yilga ko‘tarilib borayotgani aniqlandi
O‘zbekiston | 19:14 / 18.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«BAAda o‘limga hukm qilingan o‘zbekistonliklar jazosini yengillatish borasida harakatlar olib borilyapti» – TIV
Jamiyat | 15:50
-
Qulupnaychilar qishlog‘i: O‘qchidan reportaj
Jamiyat | 15:15
-
Maskning AQSh hukumatidagi ta’siri tobora kamayib bormoqda
Jahon | 14:42
-
“Hokimning xizmat mashinasi 47 ta qoidabuzarlik sodir etgan” – YHXB Namangan shahar hokimiga javob qaytardi
O‘zbekiston | 14:29
Mavzuga oid

10:45 / 18.04.2025
Berlinda vokzallar va transportda pichoq olib yurish taqiqlanadi

16:59 / 14.04.2025
«Krokus» teraktida ayblanayotgan tojikistonliklar aqli raso deb topildi

17:12 / 22.03.2025
Rossiya Tergov qo‘mitasi «Krokus» terakti tashkilotchilarini ma’lum qildi

23:45 / 07.03.2025