Germaniya politsiyasi Berlindagi bayram yarmarkasi vaqtida yuk maşinasi Rojdestvo bayramiga çiqqan kişilar ustiga qasddan bostirib borganini tasdiqladi.

"Bizning kuzatuvlarimiz uşbu yuk maşinasi avvaldan tuzilgan reja böyiça Breitscheidplatz bayram yarmarkasiga çiqqan odamlar ustiga yurganini tasdiqladi", deyilgan politsiya ma'lumotida.

Politsiyadagilar uşbu hodisadan keyin şaharda xavfsizlikni ta'minlaş çoralari kuçaytirilganini bildirgan.

Duşanba oqşomida noma'lum şaxs yuk maşinasini Berlin markazida töplangan odamlar ustiga bostirib borişi oqibatida 12 kişi halok bölib, 48 kişi turli darajada tan jarohatlari oldi.

Haydovçi yaşirinişga urindi, biroq qölga olindi. Kabinada bölgan ikkinçi kişi jonsiz holda topilgan.

Norasmiy manbalarga köra, jinoyatni sodir etişda gumon qilinayotgan şaxs Afğoniston yoki Pokistonda tuğilib-ösgan. U avval ham unça oğir bölmagan jinoiy işlar sodir etgani uçun huquq-tartibot idoralari nigohiga tuşgani bildirilgan. Kabinadagi ikkinçi kişi polşalik bölgan.

Polska Wyborcza naşri xabariga köra, yuk maşinasi Polşaning logistik kompaniyasiga tegişli bölgan. 

Yuk maşinasi Polşada öğirlangan bölişi mumkin. Uning haydovçisi 18 dekabr kuni soat 16:00dan keyin aloqaga çiqmagandi.

Germaniya içki işlar vaziri Tomas de Mezer yuz bergan hodisa terakt ekanligini körsatuvçi omillar köp ekanligini ta'kidladi.