Qozog‘istonda ekstremizmda gumon qilinayotgan 33 kishi qo‘lga olindi
Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi (MXQ) keng ko‘lamli maxsus operatsiya yakunlariga ko‘ra, ekstremizmda gumon qilinayotgan 33 nafar kishining qo‘lga olingani to‘g‘risida xabar berdi.
MXQ matbuot xizmati ma'lumotlariga ko‘ra, "At-Takfir al-Hijra" diniy-ekstremizm tashkilotining bo‘limlarini yo‘q qilishga yo‘naltirilgan maxsus operatsiyaga 21 dekabrda start berilgan.
Manbaga ko‘ra, diniy adovatni qo‘zg‘ash va mazkur tashkilot faoliyatida ishtirok etishda gumon qilingan jami 33 nafar kishi qo‘lga olingan.
MXQda ta'kidlanishicha, "At-Takfir al-Hijra" tarafdorlarining yashash va yig‘ilish joylarida diniy materiallar, kompakt-disklar, kompyuter texnikasi va yirik qiymatdagi pullar topilgan va tortib olingan.
MXQ xodimlarining so‘zlariga ko‘ra, qo‘lga olinganlarning aksariyati o‘z ayblariga iqror bo‘lishgan va tergovda hamkorlik qilish istagini bildirishgan.
"At-Takfir al-Hijra" 2014 yilda sud qarori bilan ekstremistik tashkilot deya tan olingan, Qozog‘iston hududida uning faoliyati taqiqlangan. Shuningdek u AQSh, Rossiya, Misr, Liviya, Marokash, O‘zbekiston, Tojikiston va bir qator boshqa davlatlarda ham terrorchi tashkilotlar ro‘yxatiga kiritilgan.
Mavzuga oid
20:58 / 26.12.2024
Katta ehtimol bilan Rossiya raketasi zarba bergan. Oqtovdagi aviahalokatning ikkinchi kuniga kelib yana nimalar ma’lum?
19:17 / 26.12.2024
Ozarboyjon samolyoti Rossiya raketasi sababli halokatga uchragan – Euronews
16:55 / 26.12.2024
Qozog‘istondan O‘zbekistonga neft mahsulotlari tashiladigan maxfiy tunnel topildi
22:27 / 25.12.2024