Jamiyat | 14:41 / 26.12.2016
10830
2 daqiqa o‘qiladi

Ta'sirli video: Qizchalarga vafot etgan buvasining ovozi yozilgan o‘yinchoq sovg‘a qilindi

Jyennifer Ramos ismli ayol Twitter ijtimoiy tarmog‘ida o‘zining ikki singlisi tomonidan vafot etgan buvalari ovozi yozilgan yumshoq o‘yinchoqni qabul qilib olganliklari tasvirlangan videoni chop etdi. Bu haqda Buzzfeed xabar bermoqda.

Oila 2016 yilda haqiqiy fojiani boshidan o‘tkazdi: 56 yoshli Florensio Ximenes avtomobil yuvish shoxobchasiga qurollangan hujum vaqtida miyasiga qon quyilishi sabab vafot etdi

Biroq, Marianna va Sara Ramoslar o‘z xolasidan noodatiy sovg‘a qabul qilib olishgan – hayotdan ko‘z yumgan buvalari ovozi yozilgan yumshoq o‘yinchoqlar.

«Biz buvamiz bayramlar paytida yonimizda bo‘lishiga o‘rganib qolgandik. Endilikda uning yo‘qligi juda bilinmoqda», - deydi Jyennifer.

Ovozli xabarlar Ximenesning o‘limidan biroz vaqt avval tasvirga tushirilgan videokliplardan olindi. Jyenniferning fikricha, singillari o‘z buvasining ovozini hech qachon esdan chiqarmaydi va o‘zlari istagan paytda uni eshitishlari mumkin.

Mavzuga oid