Jahon | 00:05 / 02.01.2017
10242
1 daqiqa o‘qiladi

Florentsiyada bomba portladi

Foto: ANSA

Italiyaning Florentsiya shahrida qo‘lbola portlovchi qurilmaning portlashi oqibatida politsiya xodimlaridan biri jiddiy jarohat oldi, deb xabar bermoqda ANSA nashri.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, shubhali buyum shaharning tarixiy markazi yaqinidagi ko‘chada taxminlarcha neofashist jamoatchilik tashkiloti Casa Pound bilan aloqador bo‘lgan do‘konga kiraverishda aniqlangan. 

Shubhali buyum bilan portlovchi moddalar bilan ishlovchi politsiyachilar ishlayotganda portlash yuz bergan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, shubhali buyum soat mexanizmi bilan harakatga keltiriluvchi qo‘lbola bomba bo‘lgan.

Yaralangan politsiyachi shifoxonaga yetkazilgan, unga qo‘li va ko‘rish qobiliyatidan ayrilishi xavf solmoqda. Voqea tergov qilinmoqda.

 

Mavzuga oid