Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IShID Istanbuldagi terakt uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi
Foto: Reuters
IShID Turkiyaning Istanbul shahridagi Reina tungi klubiga uyushtirilgan hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi. Bu haqda Reuters xabar tarqatdi.
Bundan oldinroq ushbu terakt IShID a'zosi bo‘lgan o‘zbekistonlik tomonidan sodir etilgan bo‘lishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.
1 yanvarga o‘tar kechasi Istanbulning Yevropadagi qismida joylashgan tungi klubda Yangi yil bayrami nishonlanayotgan vaqtda Kalashnikov avtomati bilan qurollangan shaxs bostirib kirib, odamlarni o‘qqa tutdi. Bu hujum oqibatida 39 kishi halok bo‘lib, 69 kishi yaralangan holda shifoxonaga yotqizildi. Qurbonlar orasida 16 mamlakat fuqarolari bor.
Hujum uyushtirgan shaxs ayni vaqtda qidirilmoqda.
Mavzuga oid
09:41 / 13.03.2026
Xoshimin - Istanbul reysi Samarqandda favqulodda qo‘ndi
20:34 / 09.03.2026
Istanbulning sobiq meri Akrom Imomo‘g‘liga 2430 yillik qamoq jazosi tahdid solmoqda
13:07 / 03.03.2026
Zelenskiy: Rossiya va AQSh bilan uchrashuv boshqa joyga ko‘chirilishi mumkin
11:34 / 19.02.2026