Istanbuldagi 1 yanvar kuni terakt IŞIDga yollangan Özbekiston yoki Qirğiziston fuqarosi tomonidan sodir etilgan bölişi mumkin. Bu haqda politsiyaga asoslangan holda CNN Turk telekanalida xabar berildi.

Bundan oldinroq, terakt ijroçiligida gumon qilinayotgan yigit surati ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgandi.

Eslatib ötamiz, 1 yanvar kuni qurollangan şaxs Istanbuldagi Reina nomli tungi klubga bostirib kirib, yangi yil bayramini nişonlayotgan kişilarni öqqa tutdi. Uşbu terakt oqibatida 39 kişi halok böldi va 69 kişi jarohatlangan holda şifoxonaga yotqizildi. Halok bölganlarning 16 nafari xorijlik edi.

Avvaliga terrorçi politsiya tomonidan yöq qilingani aytildi. Ammo bu ma'lumot tasdiqlanmadi. Hozir u qidiruvda.

Xabar qilinişiça, 28-31 dekabr kunlari politsiya Turkiyaning turli şaharlarida IŞIDning 63 nafar a'zosini qölga olgandi. Ötkazilgan sörovlar natijasida uşbu hujumga Özbekiston yoki Qirğiziston fuqarosi aloqador bölişi mumkinligi haqida ma'lumot olingan.