AQSh va Janubiy Koreya Kim Chen Inni yo‘q qilish uchun maxsus otryad tuzadi

Foto: Reuters
Amerika maxsus xizmatlari va Janubiy Koreya qurolli kuchlari hamkorligida maxsus bo‘linma tashkil etiladi. Bu otryad KXDR bilan urush kelib chiqqan holda shimolliklar yetakchisi Kim Chen Inni o‘ldirish uchun tuziladi. Bu haqda Yonhap agentligi Seuldagi harbiy manbasiga asoslanib xabar tarqatgan.
Bunday harbiy brigada shu yilning o‘zida tayyor bo‘lishi rejalashtirilgan. Bu otryad tarkibi 2 ming kishigacha yetishi mumkin. Otryaddagi amerikalik harbiylar Janubiy Koreya qo‘mondonligi ko‘rsatmalari asosida harakat qiladi.
Yaqin oylar ichida Seul va Vashington voqealarning ehtimoliy ssenariylari bo‘yicha bir qancha qo‘shma mashg‘ulotlar o‘tkazishni rejalashtirgan. Tuzilajak otryadning vazifasi nafaqat Kim Chen Inni, balki shimolliklarning harbiy va siyosiy rahbariyatini ham butkul yo‘q qilish hisoblanadi.
Shimoliy Koreya yetakchisini yo‘q qilish g‘oyasi ilk bor sentabr oyida Pxenyan o‘z tarixidagi eng ulkan yadroviy sinovni o‘tkazganidan keyin paydo bo‘lgandi. Bu sinovdagi portlash kuchi 1945 yilda Xirosimaga tashlangan bomba kuchidan kuchliroq edi.
Bundan oldinroq Shimoliy Koreya agar AQSh va uning ittifoqdoshlari Pxenyanga tahdid qilishni va mintaqada harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazishni davom ettirsalar, ularga yadroviy zarba berish imkoniyatini ko‘proq oshirishni davom ettirishi haqida xabar berilgandi.
Tavsiya etamiz
Chigirtkalar bosqini: Bu ham iqlim bilan bog‘liq muammomi?
O‘zbekiston | 15:49 / 14.05.2025
«Eng kambag‘al prezident» Xose Muxika vafot etdi
Jahon | 08:03 / 14.05.2025
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston va Bolgariya mehnat migratsiyasi bo‘yicha bitim imzolashi mumkin
O‘zbekiston | 12:44
-
Britaniya Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishga chaqirdi
Jahon | 12:23
-
17 may kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 12:07
-
Dehqonlarga issiq havoda ekinlarni parvarishlash bo‘yicha tavsiyalar berildi
O‘zbekiston | 12:05
Mavzuga oid

19:20 / 10.05.2025
Kim Chen In Rossiyani G‘arb tajovuzidan himoya qilishga va’da berdi

17:46 / 09.05.2025
Kim Chen In rahbarligi ostida harbiy o‘quv mashg‘ulotlar o‘tkazildi

22:44 / 04.05.2025
Kim Chen In Shimoliy Koreya tanklarini yangilash zarurligini ma’lum qildi

09:43 / 26.04.2025