Şimoliy Koreya agar AQŞ va uning ittifoqdoşlari Pxenyanga tahdid qilişni va mintaqada harbiy maşğulotlar ötkazişni davom ettirsalar, ularga yadroviy zarba beriş imkoniyatini köproq oşirişni davom ettiradi. Bunday ogohlantirişni Şimoliy Koreyaning BMTdagi doimiy vakili Ça Son Nam taşkilotning boş kotibi Antoniu Guterrişga yöllagan maktubida bildirgan.
"AQŞ va uning izdoşlari yadroviy tahdidlar va qörqitişni davom ettirgunlarigaça hamda ular bizning ostonalarda harbiy maşğulotlar ötkazişni töxtatmagunlarigaça bizning yadroviy kuçlarga urğu bergan holda ogohlantiruvçi zarba beriş uçun harbiy salohiyatimiz va imkoniyatimiz sezilarli oşiriladi", deb yozgan diplomat.












