Şahrisabzda 4 dekabrdan boşlab elektr ta'minoti ança yomonlaşib qoldi. Tuman hududida esa bu holat bir-ikki oydan beri davom etmoqda. “Ança yomonlaşdi” degan sifatga aniqlik kiritadigan bölsak, bu sutkasiga 20 soat çiroq yöq, 4 soat bor, degani. Xulosa çiqarişga şoşilmaymiz. Bu masalani imkon yetganiça körib çiqamiz.

Mutaxassis nima deydi?

Mana şu holat yuzasidan Qaşqadaryo elektr ta'minoti korxonasining mutaxassisi bilan boğlanganimizda (u negadir ismini aytişni ma'qul körmadi) bizga quyidagilarni tuşuntirib berdi:

“Ötgan yilning 29 dekabridan joriy yilning 2 yanvariga qadar butun Qaşqadaryo böylab odamlarga bayram kayfiyati ulaşiş maqsadida elektr ta'minotida uziliş holati qayd etilmadi. Bunga yirik zavodlarni töxtatib turiş va Amudaryodagi bloklarni işga tuşiriş orqali erişildi. Ayni damda Sirdaryo va Tolimarjondagi bloklarda iş ketmoqda. Aynan Şahrisabz hududida 15-20 yanvar kunlariga qadar elektr ta'minoti yaxşilanadi.

Bundan taşqari, odamlarning fikriça, bayramda çiroq berib, qolgan kunlari öçirib qöyilar ekan. Bunday emas! Gap şundaki, har bir xonadonga ajratilgan limit böladi. Ular ana şu limitni elektr peçlari örnatib, bir-ikki soatga yoqib qöyişyapti. Yoki elektr energiyasidan noqonuniy ravişda foydalanganliklari tufayli öşa tuman yoki şahar hududidagi limitlarga jiddiy ziyon yetyapti. Natijada transformatorlarga ortiqça yuk tuşyapti. Aslida gap bunda ham emas. Muhtaram prezidentimizning yangi qaroriga muvofiq yaqin 5 yil içida Özbekistonning barça hududlarida elektr ta'minoti yaxşilanadi”.

Odamlarga yuzlanamiz

Şahrisabzliklar bilan gaplaşganimizda, özini Sobir deb taniştirgan kişi şunday deydi: “Ey ukam, gapirişga oson. Bir haftalik ötinning narxi 400 ming söm, u ham quruq şox-şabba. Mayli deb sotib olamiz. Ammo çiroq masalasi juda qiyin. Men bozorda sotuvçilik qilaman. Işdan horib kelganimda, bir piyola çoy içib, dam olişni istayman. Ammo qop-qoronği uyda dam olib bölarmidi?..”.

Yana bir ayol aytadi: “Turmuş örtoğim qattiq bir kasallikka çalinganlar. Uyda yoş bolalar bor. Şifokor turmuş örtoğimni vaqtinçalik alohida xonada uxlasin, degan. U kişining xonasiga kiçik hajmli elektr peçi örnatib berganmiz. Çunki ötinli peç örnatiş imkoni yöq. Ammo çiroq bölmagan qişli kunlarda, turmuş örtoğimning tuni bilan yötalib çiqişi, odamning yuragini siqadi. Bizning xonamizga ötib yoting desam, unamaydilar. Nima qilişga ham hayron qolasan...”.