2007 yilning 9 yanvarida Stiv Jobs sahnadan turib, birinchi iPhone'ni namoyish qilgan. Ekspertlarning ko‘pchiligi o‘shanda qurilmani muvaffaqiyatsiz deb atab, uni hech kim sotib olmasligini aytishgan. Yangi qurilma 29 iyun kuni sotuvga chiqdi. Hi-tech ilk iPhone va ekspertlarning unga doir fikr-mulohazalari bilan bo‘lishdi.
Taniqli TechCrunch resursi kolumnisti Set Porjyes o‘shanda yangilikka ijobiy yondashmagandi:
"Bizning taxminimiz: iPhone portlab ketadi".
Porjyesning fikricha, mahsulot maksimal darajada noqulay ishlangan. "Ekran shishasi sinib ketishi mumkin, klaviaturada xabarlarni terish qiyin, batareya quvvati uzoqqa yetmaydi, dasturiy ta'minot umuman rasvo. iPhone'da hech bo‘lmaganda qo‘shiq eshitish imkoni qoldirilgani uchun ham rahmat".

Devid Platt – dasturlash bo‘yicha 11 kitob muallifi va Harvard universitetining Extension maktabida .NET o‘qituvchisi. 2007 yilning 21 iyunida u iPhone haqida shunday yozgan:
"Apple muvaffaqiyatsizlikka uchrash uchun iPhone taqdimotini o‘tkazadi".
Ekspert yangi smartfon konstruksiyasini xato deb atadi. Taqdimotda esa Stiv Jobs smartfon konstruksiyasi haqida berilib so‘zladi:
Taniqli marketolog El Ris iPhone ishlab chiqaruvchilari giyohvand moddalarga doir tekshiruvlardan o‘tkazilsa, sinovdan o‘tolmasliklarini aytib hazillashgan.
"iPhone yirik muvaffaqiyatsizlikka uchraydi", - degan u.
Bugun u xato qilganini tan oldi. Bundan tashqari - ekspert iPhone'ni "muhandislik g‘oyasining mo‘'jizasi", deb atadi.

The Street va The Wall Street Journal'ning moliyaviy mavzulardagi maqolalari muallifi Brett Ardens 2007 yilning 29 iyuni - Apple kompaniyasining ilk smartfonlari sotuviga start berilgan kun "iPhone'ni xarid qilmaslik uchun besh sabab" sarlavhasi ostida maqola taqdim etgan. Maqola avvalida u iPhone qurilmasining ko‘rinishidan chiroyli ekanini tan olgan bo‘lsa-da, masalaga real ko‘z bilan qarashni taklif qilgan:
















