Qirg‘iziston davlat qarzi 4 mlrd dollardan oshdi
Qirg‘iziston respublikasi davlat qarzi 4,075 mlrd dollarga yetdi, deb xabar qilmoqda mamlakat moliya vazirligi.
"Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, bugungi kunga kelib, tashqi qarz qariyb 3,765 mlrd dollarni, ichkisi salkam 310 mln dollarni tashkil etadi", - deyiladi vazirlik xabarida.
Moliya vazirligining qayd etishicha, respublikaning davlat qarzlari belgilangan muddatda qat'iy ravishda ado etiladi. "O‘tgan yili qarz to‘lashga 20,75 mlrd som (299 mln dollar) sarflangan. 2015 yil bilan qiyoslaganda, qarzni to‘lash uchun xarajatlar 44 foizga oshgan", - deya ma'lum qilingan hisobotda.
Qirg‘iziston davlat qarzining asosiy qismini xorijiy kreditlar tashkil etadi. Respublika birgina Xitoyning turli moliyaviy tuzilmalaridan mustaqillik yillarida 2,086 mlrd dollar miqdorida qarz olgan. Ularning aksariyatini yo‘llar qurish va energetika sohasini rivojlantirishga sarf etib bo‘lgan.
Bunda, Qirg‘iziston moliya vazirligining ishontirishicha, mamlakat davlat qarzi "ruxsat berilgan limit" doirasidadir. Respublika qonunchiligiga ko‘ra, mamlakat tashqi qarzi YaIMning 60 foizidan oshmasligi kerak.
Bugungi kunda milliy valyutaning dollarga nisbatan rasmiy kursi 69,48 somni tashkil etadi. Biroq, almashtirish byurolari va tijorat banklari AQSh dollarini 69,7-69,75 somdan sotishadi.
Mavzuga oid
16:15 / 25.12.2024
Davlat qarzining cheklangan hajmi oshiriladi
18:02 / 23.12.2024
Sadir Japarov Farg‘ona viloyati hokimini «Dank» ordeni bilan mukofotladi
17:23 / 21.12.2024
Sadir Japarov Yevroparlamentni Qirg‘iziston siyosatiga aralashmaslikka chaqirdi
18:05 / 20.12.2024