Jahon | 21:11 / 13.01.2017
24287
2 daqiqa o‘qiladi

Medvedev yana pullar yo‘qligi haqida hazillashdi

Foto: EPA

Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev "pul yo‘q" deb aytgan so‘zlari borasida yana hazillashdi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.  

Bu holat OAV sohasida Rossiya hukumatining 2016 yilgi mukofotlarini topshirish marosimida yuz berdi.

"Hayot murakkab narsa, pul esa yo‘q. Men buni bilaman", deb aytdi Medvedev.

Medvedev Rossiyadagi yangi yil bayrami eng uzoq davom etuvchi ekanligini va bu bayram 13 yanvarda "Tangriga shukurki, butun mamlakat va odamlar uchun yakunlanadi", deb aytdi. 

2016 yil mayida Medvedevning Qrimga tashrifi vaqtida u yerlik aholi unga pensiya borasida shikoyat qilishgan. Medvedev pensiya bilan muammolar butun mamlakat bo‘ylab mavjudligini tan olgan hamda "Pul yo‘q" deb lo‘ndagina javob bergan.

Medvedevning qrimliklar bilan bu suhbati bir necha soat ichida memga aylanib ketgan. Medvedevning "Pul yo‘q, biroq siz bardam bo‘ling!", "Sog‘liq, yaxshi kayfiyat" iboralari esa ommalashib ketgan.

Mavzuga oid