NI Amerika nima uchun "dunyoni boshqarish"ga urinayotganini izohladi

foto: AFP
AQSh yangi ma'muriyatining tashqi siyosatdagi tashabbuslari Amerika yuqori doiralarining keskin qarshiligiga duch keladi, deb taxmin qilish mumkin. Chunki, Amerika elitasi, Shtatlar zamonaviy dunyoning yagona "kuch markazi" bo‘lib qolishi zarur, deb hisoblaydi. Shu boisdan ham, Oq uyning bo‘lg‘usi rahbari va yangi davlat kotibi birinchi navbatda o‘z diplomatlari va maslahatchilari bilan kurashishiga to‘g‘ri keladi. The National Interest jurnali tahlilchilari Aaron Devid Miller va Richard Sokolski shunday fikrni ilgari surishmoqda.
"Jahon politsiyachisi" vazifasi Amerikani holdan toydirdi va amerikaliklarning o‘zini ham charchatdi, deb hisoblaydi maqola mualliflari. Yangi ma'muriyat vakillari buni juda ham yaxshi anglab turishibdi. Biroq, "xalq tanlovi" ichki siyosat foydasiga muvozanatni o‘zgartirishga kifoya qilmaydi. Miller va Sokolskining fikricha, siyosiy elita, xususan, avvaldan diplomatlik bilan shug‘ullanib keluvchilar ustuvor vazifalarning o‘zgarishiga osonlik bilan rozi bo‘lmaydi.
AQSh siyosiy elitasi vakillarining bir narsaga ishonchlari komil: bir joyda turib qolmaslik, aksincha nimadir qilish lozim. Mualliflarga ko‘ra, bunday "serharakat bo‘lish istagi" ko‘p hollarda fojiali oqibatlarga olib kelmoqda.
"Amerikaning hamma yerdagi muammolarni, ular qayerda paydo bo‘lmasin, hal etishga urinishi tahsinga sazovor, ba'zan AQShning aralashuvi vaziyatni yaxshi tomonga ham o‘zgartiradi. Biroq, so‘nggi vaqtlarda Vashingtonning ortiqcha faolligi halokatli oqibatlarga olib kelmoqda. Bu birinchi galda Yaqin Sharq mintaqasiga tegishli", — deb yozadi sharhlovchilar.
Maqolada yozilishicha, bunday "giperfaollik"ning bosh sababi amerikalik siyosatchilarning, Qo‘shma Shtatlar "har yerda yovuzliklarni topib, ularni mag‘lub etishi uchun" yetarli darajada kuchli ekaniga ishonishlaridir. Ammo, Afg‘oniston va Iroqdagi tajriba shuni ko‘rsatdiki, AQSh salohiyati anchagina cheklangan ekan.
Bundan tashqari, amerikaliklar, shunchaki, ularning dunyoqarashi "eng to‘g‘risi" deb o‘ylashadi. Mualliflarga ko‘ra, Amerika Misr rahbariyatiga "inson huquqlaridan va'z o‘qishi" yoki Isroildan Falastinni tan olishini so‘rashi kerak emas. Rossiyaga nisbatan ayblovlar ham Vashingtonning dunyoni o‘z qarichi bilan o‘lchashini isbotlaydi.
O‘ziga xoslik afsonasi Amerikaning "yetakchilikka intilishi" bilan birga, AQShni sayyoraning eng uzoq hududlariga ham, garchi u yerda hech kim yordam so‘ramagan bo‘lsa-da, borishga majbur qilmoqda. Biroq, Vashingtonning Suriya inqirozini tinch yo‘l bilan hal etish jarayonidan asta-sekinlik bilan chiqarib yuborilishi va Yaqin Sharq hamda Osiyoda ta'sirini yo‘qotishi jahonda Amerika yetakchiligiga "talab" pasayib borayotganini ko‘rsatadi.
Shunga ko‘ra, Miller va Sokolski Amerikaning yangi ma'muriyatini "hokimiyat sohiblarining takabburligi"dan saqlanishga chaqirgan.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
Jahon | 22:24
-
HAMAS garovdagi so‘nggi amerikalikni ozod qildi
Jahon | 22:02
-
Yelisey saroyi Makron ishtirokidagi videoga izoh berdi
Jahon | 21:30
-
Amazon 20 yil ichida kompaniya logotipini birinchi marta o‘zgartirdi
Jahon | 21:23
Mavzuga oid

22:02
HAMAS garovdagi so‘nggi amerikalikni ozod qildi

13:31
Eron va AQSh yadro dasturi bo‘yicha muzokaralarni qayta boshladi

13:27
AQSh–Xitoy savdo urushi 90 kunga muzlatilmoqda

13:15