Fan-texnika | 18:59 / 13.01.2017
12666
2 daqiqa o‘qiladi

“Odnoklassniki” 2016 yil yakunlarini e'lon qildi

“Odnoklassniki” ijtimoiy tarmog‘i 2016 yil yakunlarini e'lon qildi. Unga ko‘ra, OK uchun o‘tgan yil loyihaning 10 yillik tarixidagi eng omadli davr bo‘ldi. Ijtimoiy tarmoq bu vaqtda uchta yangi ilova, OK ichida 20dan ortiq mahsulotlar va biznes hamda mediaga mo‘ljallangan 36ta yangilanishni taqdim etdi. Platforma video, o‘yinlar, shaxsiy xabar va guruhlar yo‘nalishida ko‘proq rivojlandi. 

Kun.uz’ga kompaniya tomonidan taqdim etilgan ma'lumotlarga ko‘ra, OK’ning mobil auditoriyasi soni 17 foizga oshgan. Shuningdek, u Rossiya ijtimoiy tarmoqlari orasida saytda bir kunda bo‘lish vaqti bo‘yicha ham yetakchi bo‘ldi – 50 daqiqa.

iOS’dagi o‘yinlar foydalanuvchilari soni 59, Android’dagi esa 50 foizga oshgan bo‘lsa, “Video” bo‘limida bu ko‘rsatkich 29 foizga teng bo‘ldi. Har kunlik videotranslyatsiyalar miqdori deyarli 3 baravarga o‘sdi.

“Odnoklassniki – ko‘ngilochar ijtimoiy tarmoq. Biroq, biz o‘tgan yil natijalariga qarab, bu nafaqat oddiy ijtimoiy tarmoq, balki ijtimoiy ko‘ngilochar servisga aylanganini ko‘rishimiz mumkin. Biz uchun foydalanuvchilar soni bilan bir qatorda, alohida yo‘nalishlarning o‘sishi ham muhim ahamiyatga ega. Bular – xabarlar, video tomosha qilish, o‘yinlar ommabopligi, shuningdek har bir insonning saytda o‘tirish vaqti. OK hozirda – bu ilovalar, mahsulotlar va kontent qo‘llab-quvvatlovidagi maxsus loyihalar ekotizimidir. Biz 2017 yilda yana bir necha ko‘ngilochar servislarni ishga tushirishni rejalashtirmoqdamiz. Bizda ko‘plab yangi guruhlar va shaxsiy sahifalar paydo bo‘ladi”, - deya aytib o‘tdi Odnoklassniki loyihasi rahbari Anton Fedchin.

Mavzuga oid