19:28 / 13.01.2017
6455

«Red Bull» «Red Bull»dan 10 mln yevroga futbolchi sotib oldi

Fransiyalik 18 yoshli himoyachi Deotshankyul Yupamekano «Red Bull Leyptsig» futbolchisiga aylandi. Nemis klubi saytida xabar qilinishicha bu futbolchi bilan 2021 yilning yoziga qadar shartnoma imzolangan.

«RB Leyptsig» Yupamekanoni «Red Bull Zaltsburg»dan xarid qildi.

Kicker ma'lumotiga ko‘ra, transfer qiymati 10 mln yevroni tashkil etgan. Bundan tashqari, avstriyaliklar klubi futbolchi boshqa jamoaga qayta sotilganda muayyan miqdordagi ulushga ega bo‘ladi. 

Nashrning qayd etishicha, bu iste'dodli futbolchi uchun «Bavariya», «Real», «Barselona» va «Manchester Yunayted» kabi jamoalar ham kurash olib borgandi.

«Red Bull Zaltsburg» tarkibida Yupamekano 23 o‘yin o‘tkazib, Avstriya chempionati va mamlakat Kubogini qo‘lga kiritgan. U Fransiya U17 bilan 2015 yilda Yevropa chempioniga aylangandi.

Germaniyada tarix yaratgan «la'nati» jamoa. Bundesliganing yangi yetakchisi haqida

Top