APL. «Chelsi» amaldagi chempionni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi
Angliya chempionatining 21-turidan o‘rin olgan yana bir uchrashuvda chempionatning so‘nggi ikki chempion jamoalari o‘zaro ro‘baro‘ kelishdi.
Himoyachi Markos Alonsoning dubli va Pedroning goli evaziga Antonio Konte jamoasi yirik hisobda g‘alaba qozondi.
Ushbu g‘alabadan keyin «Chelsi» hisobidagi ochkolar soni 52taga yetdi va jamoa hamon yaqin ta'qibchilarini katta farq bilan ortda qoldirgan holda peshqadamlik qilmoqda.
APL, 21-tur
Lester – Chelsi 0:3 (0:1)
Gollar: Alonso (6, 51), Pedro (71).
Lester: Shmeyxel, Morgan, Chiluell, Fuks, Hut (Okadzaki, 60), Mendi, Ndidi, Drinkuoter, Olbrayton (Simpson, 77), Vardi, Musa (Grey, 71).
Chelsi: Kurtua, David Luiz, Keyxill, Alonso, Aspilikueta, Azar (Fabregas, 79), Kante, Villian (Batshuayi, 84), Matich, Pedro (Loftus-Chik, 84), Mozes.
Ogohlantirish: Fuks (51).
Mavzuga oid
10:38 / 09.12.2024
Yevropada kambeklar kuni. «Chelsi» himoyachisi raqibga gollar sovg‘a qildi va butsasini tashlab yubordi
13:34 / 11.11.2024
«Barsa» o‘yinida mojaroli qaror, Shomurodov yana murabbiysiz qoldi. Kun o‘yinlari
12:26 / 04.11.2024
«Barsa»ni to‘xtatib bo‘lmayapti, «MYu» o‘ziga kelmoqda. Kun o‘yinlari
14:31 / 02.11.2024