Bahraynda politsiyachilar o‘limida ayblangan uch nafar shaxs qatl etildi
Bahrayn hukumati 15 yanvar kuni 2014 yil martidagi portlashni uyushtirib, uch politsiyachining o‘limiga sababchi bo‘lgan 3 nafar shia terrorchisini qatl etdi. Bu ushbu qirollikda 2010 yildan buyon ilk marta qatl hukmi ijro etilishi bo‘ldi.
Sami Mushaima, Ali Al-Singase va Abbos Al-Sameaga nisbatan qatl hukmi 9 yanvar kuni Bahrayn oliy sudi tomonidan chiqarilgandi.
2014 yil 3 martida Bahrayn poytaxti Manama shahri chekkasida minalashtirilgan avtomobil portlatib yuborilgandi. Natijada bir nafar xorijlik (BAA) politsiyachi halok bo‘lgandi.
2015 yilda esa ikki bayhraynlik politsiyachi o‘limiga sabab bo‘lgan terakt amalga oshirilgan.
Ayni vaqtda Bahraynda muxolifat faollari va politsiyachilar o‘rtasida to‘qnashuvlar bo‘lmoqda.
Huquq faollari ta'kidlashicha, bu shaxslar qo‘lga olingach, qiynoqlarga solingan va qiynoq ostida ayblovlarni tan olgan.
Mavzuga oid
17:24 / 16.12.2024
O‘zbekiston og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionatida to‘rtinchi bo‘ldi
11:31 / 17.05.2024
Bahraynda o‘tgan arab sammitida Falastin masalasi muhokama qilindi
17:38 / 01.10.2022
Osiyo chempionati. O‘zbekiston Bahraynni tor-mor etib, guruh bosqichini yuz foizlik natija bilan yakunladi
17:13 / 01.02.2022