Jahon | 09:22 / 15.01.2017
13068
1 daqiqa o‘qiladi

Ramzon Qodirov terrorchi Imran Datsayev qo‘lga olinganini ma'lum qildi

Chechen maxsus xizmatlari o‘tkazgan maxsus amaliyot natijasida IShID bilan aloqador terrorchi Imran Datsayev qo‘lga olingan. Bu haqda Checheniston rahbari Ramzan Qodirov o‘zining Instagram tarmog‘idagi sahifasi orqali ma'lum qilgan.

Ayni vaqtda Datsayev so‘roq qilinmoqda.

Qodirovning so‘zlariga ko‘ra, IIV xodimlari yana ikki terrorchini qo‘lga olishgan, ular Shimoliy Kavkaz orqali respublika hududidan chiqib ketmoqchi bo‘lgandi. Ular Grozniyga olib kelingan. Jangarilar guruhi zararsizlantirilgan.

«Biz banditlar yovuz niyatlarini amalga oshirishga imkon bermaslik uchun istalgan turdagi jinoiy harakatga jiddiy e'tibor qaratmoqdamiz», — degan Qodirov.

Mavzuga oid