Jahon | 11:15 / 15.01.2017
8280
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp jurnalistlarni Oq uyga kiritmoqchi emas

AQShning yangi saylangan prezidenti matbuot markazini Oq uydan qo‘shni binolardan biriga ko‘chirishni istamoqda. Bu haqda Esquire nashri Trapm jamoasidagi 3 manbaga asoslanib xabar tarqatdi.

Qayd etilishicha, agar bu reja amalga oshsa, prezident matbuot anjumanlari Oq uy ro‘parasidagi Lafayyet-skver binosida yoki, ma'muriy kantselyariyaning eski binosida o‘tkaziladigan bo‘ladi.

Oq uyning bo‘lajak matbuot kotibi Shon Spayser bu bo‘yicha hali qaror qabul qilinmagani, bu masala muhokama jarayonida ekanini ma'lum qilgan.

Mavzuga oid