O‘zbekiston | 23:15 / 17.01.2017
10649
3 daqiqa o‘qiladi

"O‘zstandart" agentligida 2016 yil yakunlariga bag‘ishlangan Hay'at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

“O‘zstandart” agentligining majlislar zalida navbatdagi 2016 yil yakunlariga bag‘ishlangan Hay'at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda agentlik va uning tarkibidagi korxona va tashkilotlarning rahbarlari qatnashdilar.

 

Yig‘ilishni “O‘zstandart” agentligi Bosh direktori A.Haitov kirish so‘zi bilan ochib, Yaqinda bo‘lib o‘tgan Vazirlar Mahkamasining 2016 yil yakunlariga bag‘ishlangan majlisi ishida ko‘tarilgan masalalar hamda Respublikamiz Prezidenti tomonidan ilgari surilgan vazifalarga batafsil to‘xtaldi.

 

Jumladan, Davlatimiz rahbari tomonidan ”Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik-har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak” degan gaplari agentlik tizimida mehnat qilayotgan har bir rahbarning ish faoliyatida dasturilamal bo‘lishi kerakligi Hay'at yig‘ilishida alohida ta'kidlandi.

So‘ngra yig‘ilish kun tartibidan o‘rin olgan “O‘zstandart” agentligi va uning tarkibidagi korxona va tashkilotlarining o‘tgan 2016 yil yakunlari bo‘yicha hisobotlari tinglanib, Bosh direktor tomonidan tanqidiy baholandi.

 

Shuningdek yig‘ilish davomida agentlik tomonidan 2017 yilda amalga oshiriladigan vazifalar tahlil qilinib, kelgusida Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohalarini yanada rivojlantirish bilan bog‘liq bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.

Hay'at yig‘ilishida “O‘zstandart” agentligi Bosh direktori o‘rinbosari J.Mirsaidov, Standartlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Z.Amanov, Sertifikatlashtirish boshqarmasi boshlig‘i O.Tohirov, Akkreditatsiya va inspeksiya nazorat boshqarmasi boshlig‘i Sh Alimov va boshqalarga so‘z berilib, o‘zlarining faoliyatlarida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklari ochiq-oydin o‘rtaga tashlanib, uning yechimlari borasida kelishib olindi.

Yig‘ilish so‘ngida “O‘zstandart” agentligi tizimidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasiga kelib tushayotgan murojjatlarga o‘z vaqtida javob berilayotgani ham muhokama qilindi.

Mavzuga oid