AQSh sudi ikki ukrainalikni 25 yillik qamoq jazosiga mahkum etdi
AQShning Florida shtati Tampa shahri sudi Ukrainaning ikki nafar fuqarosiga 25 yillik qamoq jazosi tayinlagan. Ular kokain moddasini kontrabanda qilishga uringan, deb xabar qilgan AQSh adliya vazirligi.
Avvalroq, hakamlar sudi Igor Polshin va Aleksey Tsurkanniumumiy qiymati 10 mln dollarnga baholangan 370 kg kokain kontrabandasida aybdor deb topgan edi. Ma'muriyat ma'lumotlariga ko‘ra, ular o‘tgan yilning noyabr oyida Puerto-Riko qirg‘oqlarida ushlangan.
Chiroqlarini yoqmasdan suzayotgan yaxtani P-3 Orion chegara patrul samolyoti aniqlagan. Shundan so‘ng, uning hududiga oid raqamlar AQSh sohil qo‘riqlash xizmatiga berilgan. O‘tkazilgan tintuv chog‘ida 370 kg kokain borligi aniqlangan.
Mavzuga oid
18:33 / 26.12.2024
«Uyda yolg‘iz» filmidagi mashhur uy sotib yuborildi
16:03 / 26.12.2024
Oq boshli burgut rasman AQShning milliy qushiga aylandi
14:45 / 26.12.2024
Zaxarova: Ukraina mustaqil ravishda yadro qurolini yaratishga qodir emas
11:53 / 26.12.2024