O‘zbekistonda uchta yangi xususiy telekanal ochiladi

Foto: Corbis
O‘zbekistonda yaqin vaqt ichida uchta yangi xususiy telekanal ochiladi, deb xabar berdi Sputnik.
Elektron ommaviy axborot vositalari Milliy assotsiatsiyasi boshqaruv raisi Firdavs Abduholiqovning so‘zlariga ko‘ra, elektron OAV faoliyatini tartibga solishga javobgar bo‘lgan maxsus hukumat komissiyasi o‘tgan hafta oxirida uchta yangi kanalga faoliyat olib borishi uchun litsenziya taqdim etgan.
"Bu uchta yangi telekanal bo‘ladi. Birinchi - "Zo‘r TV" , shuningdek "Futbol" maxsus telekanali va "Karavan TV" telekanali ham paydo bo‘ladi. Bizning ushbu uchta kanal mamlakat teleefiriga yanada rang-baranglik qo‘shishiga ishonchimiz komil", - ta'kidlab o‘tdi Firdavs Abduholiqov.
O‘zbekistonda so‘nggi besh yil davomida o‘nlab yangi telekanallar ochildi - "Mahalla", "Dunyo bo‘ylab", "Madaniyat va ma'rifat", "Oilaviy", "Diyor", "Kinoteatr", "Bolajon", "Milliy TV", Uzreport TV va boshqalar.
Ayni damda respublika analogli televideniyedan DVB-T2 shaklidagi yer usti raqamli teleuzatishga o‘tmoqda. Raqamli televideniye bilan qamrab olingan aholi darajasi deyarli 90 foizga teng. 2011 yilning noyabrida MDH davlatlari orasida birinchi bo‘lib HD shaklidagi yer usti uzatish telekanali - UzHD foydalanishga topshirildi.
Respublika hududlarida raqamli multipleks tarkibida 12ta televizion va 4ta radiokanal translyatsiya qilinmoqda. Ular O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi tarkibiga kiradi.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Shomurodov «Roma»ni qutqardi, «Liverpul» yutqazdi. Kun o‘yinlari
Sport | 12:32
-
Rossiyada amerikalik Blekka chiqarilgan hukm yumshatildi
Jahon | 12:25
-
Britaniya universiteti O‘zbekistonda o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yishi mumkin
O‘zbekiston | 12:15
-
Telegraph: Britaniya suvlarida Rossiyaning josuslik datchiklari topildi
Jahon | 12:05
Mavzuga oid

21:05 / 27.03.2025
O‘zbekiston oldida turgan 5 ta asosiy xavf-xatar. Ularni qanday yengish mumkin?

15:52 / 21.03.2025
Tramp Mirziyoyevni Navro‘z bayrami bilan tabrikladi

11:34 / 19.03.2025
Olmaotada O‘rol Tansiqboyev asarlarining ko‘rgazmasi ochildi

12:47 / 17.03.2025