Xalqaro nodavlat notijorat taşkiloti Transparency International dunyoning turli mamlakatlaridagi korrupsiya darajasini aks ettiruvçi reytingini e'lon qildi.
Qayd etilişiça, reytingda umuman ballga ega bölmagan mamlakat korrupsiya domiga töliq şönğiganini, 100 ballga ega mamlakatda korrupsiyaning deyarli yöqligini anglatadi. Ammo, bu yilgi reytingda ham heç bir davlat yuqori ballni töplay olmagan. 2016 yilgi reytingning örtaça körsatkiçi 43 ballni taşkil etgan, röyxatdagi 176 mamlakatning 2/3 qismidan köproğining töplagan balli 50dan pastligi ta'kidlanadi. Bu esa, uşbu mamlakatlarning davlat sektorida korrupsiya darajasi yuqori ekanidan dalolatdir, deya qayd etişgan reyting tuzuvçilari.
2015 yil kabi 2016 yil reytingini ham 90 ballik körsatkiç bilan Daniya boşqarmoqda. Yangi Zelandiya şunday natija bilan birinçi örinni baham körgan. Uçinçi va törtinçi örinlarda Finlyandiya va Şvetsiya bölsa, kuçli önlikka, şuningdek, Şveytsariya, Norvegiya, Singapur, Niderlandiya, Kanada, Germaniya, Lyuksemburg, Buyuk Britaniya (sönggi uç davlat 10-örinda) kirgan.

Taşkilotga köra, eng yaxşi körsatkiçga ega bölgan mamlakatlar matbuot erkinligining yuqori darajasi, byudjyetga doir ma'lumotlarning şaffofligi, hokimiyat mulozimlarini pul evaziga sotib oliş imkonsizligi, boy va kambağal odamlarni farqlamaydigan hamda davlat tizimining boşqa qismlaridan tom ma'noda mustaqil ravişda faoliyat yurituvçi sud organlari bilan ajralib turadi.
Röyxatning eng oxirgi öntaligiga (kamayib boriş tartibida) Iroq, Venesuela, Gvineya-Bisau, Afğoniston, Liviya, Sudan, Yaman, Suriya, KXDR (Şimoliy Koreya), Janubiy Sudan va Somali kirgan.
Dunyoning yirik davlati bölgan Rossiya 29 ball töplab, 131-örinni egallagan. Ukraina, Qozoğiston, Eron va Nepal Rossiya bilan bir xil körsatkiçni namoyon etgan, deyiladi Transparency International hisobotida.

Taşkilot reytingidan örin olgan Özbekiston esa (21 ball) Kamboja, Kongo Demokratik Respublikasi bilan birgalikda 156-örinni band etib turibdi. Özbekistonning ötgan yilgi bu boradagi körsatkiçi 19 ballga teng bölgan edi. Respublikaning Markaziy Osiyodagi yonqöşnilari bölgan Tojikiston 25 ball töplab 151-örinni, Turkmaniston 22 ball bilan 154-örinni band etgan. Qirğizistonning bu boradagi körsatkiçi birmunça yuqori, u 28 ball bilan 136-öringa joylaşgan.



















